Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aktyorga nisbatan chora ko‘rildi

Aktyorga nisbatan chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda aktyor Jasur Kenjayev avtomobil boshqarib ketayotib telefonida video olgani uchun jarimaga tortildi.

Bu bilan u yo‘l harakati qoidalarining 12-bandini buzib harakat qilgan. Ya’ni transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalangan.

Jasur Kenjayevning avtomashina boshqarish jarayonida yo‘l harakati qoidasiga amal qilmasdan, xavfsizlik kamarini taqmasdan, uyali telefondan foydalangani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125-moddasining 1-qismi (transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) hamda 128-1-moddasiga (transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi) asosan chora ko‘rilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring