Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vazirligi eng yaxshi xodimlarni taqdirladi

AKT vazirligi eng yaxshi xodimlarni taqdirladi

Foto: «Mitc.uz»

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 2019-yil yakunlari tahlil qilinib, 2020-yilgi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov 2019-yilda soha korxona va tashkilotlari tomonidan salmoqli ishlar qilinganini ta’kidlab, tizim oldiga davlat va xukumat rahbarlari tomonidan qo‘yilgan ulkan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

2019-yil davomida halol mehnati va fidoyiligi bilan alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh soha xodimlariga vazirlikning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring