Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri soha xodimlarini mukofotladi

AKT vaziri soha xodimlarini mukofotladi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 7-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida aloqa sohasi xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan vazirlikning markaziy apparati xodimlari uchun karantin talablariga rioya qilgan holda taqdirlash marosimi tashkil qilindi.

AKT vaziri Shuhrat Sodiqov sohada samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan 88 nafar xodimning 4 nafari «Mohir aloqachi», 38 nafari «Faxriy yorliq», 46 nafari «O‘z kasbining ustasi» kabi sohaning faxriy unvonlari bilan taqdirlanganini aytib o‘tdi.

Vazir o‘z so‘zida, bugungi kunda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan oqibatlarni bartaraf etish, uning tarqalishining oldini olish, umuman olganda ushbu kasallikka qarshi kurash kechayotgan bir davrda hamda, 2020 yil 27 aprel kuni Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan tabiiy ofat va 1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasidan suv chiqishi oqibatida telekommunikatsiya tarmoqlarining qayta ishlashiga o‘z hissasini qo‘shgan xodimlarning o‘rni beqiyos bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shu bilan birga, sohada faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni kasb bayrami bilan muborakbod etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring