AKT vaziri Rossiya kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi
Joriy yil 19-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «OMKONTROL» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov ishtirok etdi.
Yig‘ilish chog‘ida axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalarni rivojlantirish hamda eng yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: «OMKONTROL» — Rossiya bozoridagi yirik infratuzilma va ijtimoiy obektlarni boshqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri. Kompaniya tomonidan qator xizmatlar ko‘rsatiladi, jumladan maxsus dasturiy mahsulotlarni joriy etish va texnik yordam taqdim etishdan boshlab ob’yektlarga muhandislik xizmat ko‘rsatish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter