Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri Navoiy radioteleuzatish markazi faoliyati bilan tanishdi

AKT vaziri Navoiy radioteleuzatish markazi faoliyati bilan tanishdi

Foto: «Mitc.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Navoiy viloyatidagi xizmat safari doirasida «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK Navoiy radioteleuzatish markazi bilan yaqindan tanishdi.

Navoiy viloyati mamlakatimizdagi eng katta hududlardan biri hisoblanib, Navoiy radiotelevizion uzatish markaziga qarashli «Langar» radio teleuzatish stansiyasi (RTS) Nurota tog‘ tizmasining dengiz sathidan ikki ming metr balandlikdagi cho‘qqisida qurilgan. «Langar» RTS baland tog‘ cho‘qqisida joylashganligi sababli nafaqat Navoiy viloyat aholisini, balki Samarqand va Buxoro viloyatlari aholisining ham bir qismini raqamli teledasturlar bilan ta’minlaydi.

AKT vaziri Sh. Sodiqov tashabbusi bilan ko‘p yillardan buyon «Langar» RTSdagi avtotransport muammosi ijobiy hal qilinib, Rossiyada ishlab chiqarilgan «YENESEY» STM-1993055 rusumli maxsus ishlab-chiqarish texnologik transport vositasi xarid qilindi hamda «Langar» RTS ishchi-xodimlariga ushbu maxsus transport vositasi foydalanishga topshirildi.

O‘z navbatida mazkur maxsus avtotransport vositasi murakkab tog‘ yo‘lida texnik qurilmalarni uzluksiz va barqaror ishlashi, ishchi xodimlarni ob’yektga kelib-ketishiga, ob’yekt faoliyati uchun zarur bo‘ladigan qurilma va yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini tashish xizmatlarini amalga oshiradi.

Shuningdek, Sh. Sodiqov RTSning yosh xodimlari bilan suhbatlashib, RTSda o‘rnatilgan yangi zamonaviy raqamli teleuzatkichlarni ko‘zdan kechirdi va 2021 yilda «Langar» RTS hududida olib borilgan obodonlashtirish va texnik xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring