Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri AQShda Apple mas’ul rahbarlari bilan uchrashdi

AKT vaziri AQShda Apple mas’ul rahbarlari bilan uchrashdi

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov AQShga tashrifi doirasida Apple kompaniyasining davlat tashkilotlari bilan aloqalarga mas’ul rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda kompaniya va AKT vazirligi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda Apple kompaniyasi faoliyatini kengaytirish, jumladan, joriy etilayotgan 5G tarmoqlarida iPhonedan foydalanish imkoniyatini yo‘lga qo‘yish va AppStoreda mahalliy dasturchilarga imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Kompaniya vakillariga kelgusida mamlakatimizda ApplePay tizimini joriy etish, Swift dasturlash tilini ommalashtirish yo‘nalishlarida ham hamkorlik qilish taklif etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring