Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga har yili 50 mlrd so‘m ajratiladi – loyiha

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga har yili 50 mlrd so‘m ajratiladi – loyiha

2023-yildan boshlab har yili Davlat ijtimoiy buyurtmalari doirasida aholi punktlarini markazlashgan ichimlik suv va oqova suv chiqarish xizmati bilan ta’minlash loyihalarini moliyalashtirish uchun Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 50 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘lar ajratib boriladi.

Bu borada Hukumatning 2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga asosan tegishli qarori loyihasi e’lon qilindi.

Shuningdek, ushbu hujjat bilan davlat ijtimoiy buyurtmalari doirasida aholi punktlarini markazlashgan ichimlik suvi va oqova suv chiqarish xizmati bilan ta’minlash loyihalarini nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirokida amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlanadi.

Markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti yetib bormagan aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashning manzilli ro‘yxatini shakllantirish Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda loyiha boshqaruvchisi hisoblangan NNT zimmasiga yuklanadi.

Ular har yili 1-aprelga qadar:

  1. Suv ta’minoti og‘ir deb hisoblangan aholi punktlarini aniqlaydi, ularning ro‘yxatini shakllantiradi;
  2. Shakllantirilgan ro‘yxat asosida suv ta’minoti og‘ir deb hisoblangan aholi punktlaridagi aholining davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasiga o‘z ulushi bilan ishtirok etish bo‘yicha xonadonbay o‘rganadi.

Har yili 15-mayga qadar esa:

  1. Xalq deputatlari Kengashlarida muhokama qiladi;
  2. Suv ta’minoti og‘ir deb hisoblangan aholi punktlari ro‘yxatini tasdiqlaydi;
  3. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga suv ta’minoti og‘ir deb hisoblangan tasdiqlangan manzilli dasturni kiritadi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring