Aholi yosh yigitni Milliy gvardiya xodimlari «changali»dan tortib oldi
Ijtimoiy tarmoqda bir necha nafar Milliy gvardiya xodimlari yosh yigitga nisbatan kuch ishlatib, olib ketmoqchi bo‘lishayotgani, yon-atrofdagi odamlar esa bunga keskin norozilik bildirayotgani aks etgan lavha tarqadi.
Voqelik bugun Toshkentning Chorsu bozori ostonasida bo‘lgan chamasi. Besh-olti nafar Milliy Gvardiya xodimlari yosh yigitni kuch bilan olib ketishga harakat qilishar ekan, bunga norozilik bildirib o‘rtaga tushgan bir o‘smirni chetga surib tashlaydi. Baqir-chaqir, ayol kishining jon holatda chinqirgani eshitiladi...
Milliy gvardiya xodimlarining «qahri»ni keltirgan yigit nima ayb qilgani noma’lum. Aholining noroziligi natijasida yigit qo‘yib yuborilgani uning «ashaddiy jinoyatchi» emasligini bildirib qo‘ydi. Biroq organ xodimlarining munosabati esa xuddi ashaddiy jinoyatchilarga qilinadigan harakatlarni eslatadi...
Tinchlik kerak, albatta. Biroq osoyishtalikni ta’minlash, bo‘lsa-bo‘lmasa, birovni «tiqib» qo‘yish degani emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter