Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholi tomorqalari va xonadonlarida kamida 10 sotixlik issiqxonalar barpo etiladi

Aholi tomorqalari va xonadonlarida  kamida 10 sotixlik issiqxonalar barpo etiladi

Foto:«Xabar.uz»

«Davlat-xususiy sheriklik asosida hududlarda zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5138-son, 07.06.2021-y.) qabul qilindi.

 Qarorga ko‘ra:

- issiqxona xo‘jaligiga ega bo‘lish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish istagini bildirgan aholi (tashabbuskor aholi) tomorqalari va xonadonlarida maydoni kamida 10 sotix bo‘lgan issiqxonalar barpo etiladi;

- qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari, zaxiradagi hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alladan qisqargan maydonlar, yaroqsiz deb topilgan bog‘ va tokzorlar joylashgan bo‘sh yer maydonlarida har birining maydoni kamida 20 sotix bo‘lgan turar joy majmuasini ham qamrab olgan issiqxonalar (uy-issiqxona majmualari) tashkil qilinadi.

Uy-issiqxona majmualari davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida quriladi.

Tashabbuskor aholini tanlash investorlar va tuman hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.

- Uy-issiqxona majmualarini qurish uchun xorijdan olib kelinadigan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan yig‘iladigan alohida qismlardan iborat tayyor holdagi zamonaviy issiqxonalar 2021-yil 31-dekabrgacha bojxona bojidan ozod qilinadi.

Bundan tashqari, har yili o‘tkaziladigan «Tashabbus» ko‘rik tanlovi doirasida «Eng ilg‘or issiqxona xo‘jaligi» nominatsiyasi joriy etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring