«Agressiya» — Putin AQSh va ittifoqchilarining Suriyaga hujumiga munosabat bildirdi
Bugun, 17-aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Angela Merkel bilan telefon muloqoti davomida AQSh va uning ittifoqchilarining Suriyaga raketa hujumlarini agressiya va xalqaro huquqning buzilishi deb atadi. Bu haqda Kreml rasmiy saytiga asoslanib, «Gazeta.ru» xabar qilmoqda.
«Rossiya prezidenti yana bir bor G‘arb davlatlari Suriyaga qarshi agressiya akti sodir etib, xalqaro huquq, jumladan BMT ustavini qo‘pol tarzda buzgani va Suriya inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilish jarayoniga xalaqit berganini ta’kidladi», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter