Afsonaviy poygachi Niki Lauda vafot etdi
Afsonaviy poygachi Niki Lauda vafot etdi. «Formula-1»ning uch karra chempioni 71 yoshda edi.
O‘tgan yilning iyulidan beri Laudaning salomatligi yaxshi emas edi. Avvaliga gripp deb o‘ylashdi, keyin esa o‘pka transplantatsiyasiga majbur bo‘lishdi. Lauda so‘nggi paytlarda Shveysariyada buyraklarini davolatayotgandi.
2013-yili ekranlarga chiqqan «Poyga» filmi «Formula-1»ning ikki poygachisi — angliyalik Jeyms Xant va avstriyalik Niki Lauda o‘rtasidagi kurashga bag‘ishlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter