Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Afrosiyob» poyezdida yong‘in yuz berdi: rasmiy izoh

«Afrosiyob» poyezdida yong‘in yuz berdi: rasmiy izoh

Videodan kadr.

Tarmoqda tezyurar poyezdda yong‘in ro‘y bergani bo‘yicha videolar tarqaldi. 

«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ bu haqda rasmiy ma’lumot berdi. Aytilishicha, «Afrosiyob» tezyurar poyezdining manyovr lokomotivida yong‘in kuzatilgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdida sodir bo‘lgan yong‘in aks etgan video tarqaldi.

Qayd etilishicha, yong‘in faqat poyezdni tashish bo‘yicha yordamchi ishlarni bajaruvchi manyovr lokomotiviga ta’sir qilgan. «Afrosiyob» poyezdi yong‘inga uchramagan va ertaga jo‘nab ketadi.

Yonayotgan teplovoz ichida yo‘lovchilar borligi haqidagi da’volar noto‘g‘ri. Hodisa muntazam reysdan tashqarida sodir bo‘lgan va o‘sha paytda poyezd yo‘lovchilarni tashimagan.

«Mutaxassislar voqea joyiga tezda etib kelishdi va yong‘inni muvaffaqiyatli bartaraf etishdi», — deyiladi munosabatda.

Jadvallarda o‘zgarishlar bo‘lmaydi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring