Afg‘onistonning Qunduz viloyatida portlash sodir bo‘ldi: halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bo‘lishi mumkin

Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyatida portlash sodir bo‘ldi, kamida yetti kishi halok bo‘ldi, yana olti kishi jarohatlandi. Bu haqda voqea guvohi «RIA Novosti» agentligiga xabar berdi.
Guvohning so‘zlariga ko‘ra, portlash avval portlamay qolgan snaryadning ishga tushishi natijasida sodir bo‘lgan.
Mahalliy 1TV News telekanaliga ko‘ra, Qunduzdagi portlashda halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter