Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistondagi portlashda NATO harbiylari halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi portlashda NATO harbiylari halok bo‘ldi

Фото: «Hurriyet.com»

Afg‘onistonning g‘arbida xudkush o‘zini portlatib yuborishi oqibatida uch nafar NATO harbiysi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Hurriyet.com».

Portlash tufayli bir nafar AQSh harbiysi va afg‘on askar ham yaralangan.

Afg‘onistonning Parvon viloyati hokimligi matbuot kotibi Vohida Shohkorning aytishicha, voqea Hilozay shahrida sodir bo‘lgan.

Qo‘poruvchilikni «Tolibon» guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring