Afg‘onistonda dahshatli ofat: ko‘plab insonlar halok bo‘ldi
Afg‘oniston shimolida taxminan 70 kishi sel tufayli kelib chiqqan ko‘chki qurboniga aylandi, deya OTR xabar berdi. Qariyb 100 dan ortiq inson turli darajada jarohat olgan.
Parvan viloyatida kuchli yomg‘ir quygan. Bir necha soat ichida suv, tuproq, tosh qorishmasi 500 dan ziyod uyni yakson qilgan. Viloyat rasmiylarining xabariga ko‘ra, vayronalar ostida odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkin.
Tabiiy ofat tufayli o‘n minglab aholi boshpana, tibbiy yordam va oziq-ovqat mahsulotlarisiz qolgan.
Afg‘oniston hukumati tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarga qutqaruvchilar va insonparvarlik yuklarini yuborishni rejalashtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter