Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda ayanchli hodisa — 5 nafar bola halok bo‘ldi

Afg‘onistonda ayanchli hodisa — 5 nafar bola halok bo‘ldi

Foto: «Reuters»

Odamlar yashaydigan uyga raketa tushishi oqibatida tinch aholi zarar ko‘rgan.

Afg‘oniston sharqida joylashgan Nangarxar viloyatida turar joy binosiga raketa kelib tushgan. Oqibatda olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «ToloNews» telekanali xabar berdi.

Hodisa Sherzod tumanida sodir bo‘lgan. Bir ayol va besh nafar bola hayotdan ko‘z yumishgan. Yana ikki nafar ayol bilan bir nafar bola jarohatlanishgan.

Hozircha otilgan raketa uchun mamlakatdagi hech qaysi guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring