Advokatura mustaqilmi? Vazirning fikriga ayrim jurnalistlar qo‘shilmadi
Bugun Adliya vazirligidan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda vazir R.Davletov ko‘plab savollarga javob berdi. Jumladan, advokatura instituti hamon vazirlik «ta’sir doirasi»da ekaniga oid savol-mulohazaga qo‘shilmadi.
Ya’ni, advokatlik faoliyati uchun vazirlik tomondan litsenziya berilishini «buning ajablanarli jihati yo‘q, chunki bu turdagi hujjatni davlat organigina taqdim etadi», mazmunidagi javob bilan izohladi. Advokatlar palatasi raisligiga nomzod vazirlik tomonidan ko‘rsatilishini esa «tavsiyaviy xarakterdagi huquq», degan talqin bilan izohlab, (vazirlik nomzod ko‘rsatishidan qat’i nazar) advokatlar yetakchisi muqobillik asosida saylanishini alohida urg‘uladi. Va vazirlik ayni huquqdan mosuvo etilishiga qarshi emasligini ham bildirib o‘tdi.
Shaklan qaraganda shunday. Biroq shu paytgacha Advokatlar palatasi rahbarligiga faqat vazirlik tavsiya etgan nomzod saylanib kelingani shakl va mohiyat o‘rtasida jiddiy farq borligini mantiqan tasdiqlaydi. Shu bois vazirning javobiga shu mavzuda savol bergan jurnalist hamda uni qo‘llab-quvvatlagan hamkasblari ko‘p ham qo‘shilmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter