Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezidentning tegishli qarori bilan No‘’mon Usmonovich Muhammadiyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
No‘’mon Muhammadiyev 1982-yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2024-yilda «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.
Mehnat faoliyatini 2004-yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi katta maslahatchi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada yetakchi va bosh maslahatchi bo‘lgan. 2009–2013 yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettirgan.
2016–2023 yillarda Adliya vazirligi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Shu jumladan, Adliya vazirligi Davlat xizmatlari ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i hamda Davlat xizmatlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Tayinlovga qadar (2023-yildan) Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter