Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hujumda Masharipov - Shomurodov - Yaxshiboyev triosi. Abramov boshlang‘ich tarkibni e’lon qildi

Hujumda Masharipov - Shomurodov - Yaxshiboyev triosi. Abramov boshlang‘ich tarkibni e’lon qildi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Bir necha daqiqalardan so‘ng «Paxtakor» stadionida O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi boshlanadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov uchrashuvga boshlang‘ich tarkibni e’lon qildi. Bahsni vakillarimiz hujumkor tarkibda boshlaydi. Olingi chiziqda yaqinda Italiyaning «Jenoa» klubiga o‘tgan Eldor Shomurodov hamda Belarus chempionatida to‘purarligini namoyish qilayotgan Jasur Yaxshiboyev va «Paxtakor» yetakchisi Jaloliddin Masharipov harakat qilishadi.

To‘liq tarkib quyidagicha:

Eldor Suyunov, Rustam Ashurmatov, Islom Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Farrux Sayfiyev, Lutfulla To‘rayev, Sanjar Qodirqulov, Abror Ismoilov, Jasur Yaxshiboyev, Jaloliddin Masharipov, Eldor Shomurodov

Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi. Bahs «Sport TV» telekanalida namoyish qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring