Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abituriyentlar diqqatiga: universitetlar bilan onlayn uchrashuv!

Abituriyentlar diqqatiga: universitetlar bilan onlayn uchrashuv!

Navbatdagi o‘quv yili ham yakuniga yetdi. Aksariyat bitiruvchilarni qaysi universitetni tanlash muammosi hanuz o‘ylantirayotgani aniq.

Agar shunday bo‘lsa, umid qilamizki, biz taqdim etadigan ma’lumotlar ushbu masalaga yechim topishingizni osonlashtiradi.

Bugundan, ya’ni 15-iyundan to 20-iyunga qadar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashgan maktabda O‘zbekiston va xorijdagi eng nufuzli universitetlararo onlayn haftalik tashkil etiladi. Jumladan:

15-iyun — Janubiy Koreyadagi INHA universiteti,

16-iyun — Toshkentdagi INHA universiteti,

17-iyun — Toshkentdagi Amiti universiteti,

18-iyun — Toshkentdagi Vestministr universiteti,

19-iyun — Toshkentdagi Vebster universiteti,

20-iyun — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU.

Bunda ushbu ta’lim dargohlaridan tashrif buyurgan vakillar bilan jonli intervyular tashkillashtiriladi. Ulardan qabul tartibi, ta’lim jarayoni, talabalar muhiti kabi o‘zingizni qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishingiz mumkin.

Hurmatli bitiruvchi, bugun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kundan-kunga jadal rivojlanib, raqamli iqtisodiyot, ya’ni elektronlashtirilgan xizmatlarga talab oshib bormoqda. Demak, kelajakda katta maoshli ish o‘rinlari ham aynan shu sohada taklif etilishini inobatga oling.

Biz bilan YouTube kanali orqali 15-iyundan to 20-iyunga qadar soat 11:00 da bog‘lanishni unutmang.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring