Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Azizov: «Xato tizimni o‘rnatish bankrotlikka olib keladi»

Abdulla Azizov: «Xato tizimni o‘rnatish bankrotlikka olib keladi»

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 24-fevral kuni Milliy matbuot markazida «Olmaliq KMK» AJning raqamlashtirishga mas’ul vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 22 dekabr kuni Olmaliq shahridagi yirik sanoat korxonalari va ijtimoiy soha ob’yektlariga tashrifi davomida bir qator raqamlashtirishga oid vazifalarni belgilab bergan edi.

«Olmaliq KMK» Raqamlashtirish bo‘yicha boshqaruv raisining o‘rinbosari (Shief Digital Officer) Abdulla Azizov belgilangan vazifalar yuzasidan shunday dedi: «Biz amalga oshiradigan 27 ta chora-tadbirning barchasi raqamlashtirish bilan bog‘liq. Davlat rahbari qo‘ygan vazifa shundaki, avvalo mos tizimlarni yaxshilab tanlab olishimiz lozim. Xato tizimni o‘rnatish bankrotlikka olib keladi. Xorij tajribasida bunga guvoh bo‘lganmiz».

OKMK mas’ulining ta’kidlashicha, raqamlashtirish sharofati bilan tizimda talon-torojga, korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmayapti. Jumladan, 2021 yilda kombinatda transportni boshqarish va nazorat qilish tizimi joriy etilib, loyiha doirasida 1700 ta transport vositalariga masofaviy nazorat — GPS tizimi, shuningdek barcha kon avtosamosvallari hamda ko‘chma yoqilg‘i quyish avtotransportlariga yoqilg‘i nazorati sensorlari o‘rnatilgan. Natijada, 2021 yilda kombinat bo‘yicha 16,8 ming tonna (151 mlrd. so‘m) dizel yoqilg‘isi tejab qolinishiga erishilgan.

Raqamlashish, o‘z navbatida, ish hajmining oshishiga sabab bo‘lgan. Masalan, birgina «Yoshlik 1» konida tog‘ jinslarini tashish hajmini o‘rtacha 10 foizga oshirishga imkon bergan.

«Tizimni moderinizatsiya qilish, raqamlashtirish qo‘l mehnatini kamaytiradi. Buni esa ayrimlar ishchi kuchini qisqartirish yo‘lidagi harakat deb o‘ylashadi. Ammo unday emas. Raqamlashtirish xodimlarni qisqartirish uchunmas, balki ish sifatini oshirish uchun amalga oshirilmoqda. Raqamlashgan nazoratni o‘rnatishimiz kimnidir jazolash uchun o‘ylab topilmagan», — deydi Abdulla Azizov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring