Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston elchixonasiga chuqur hamdardlik bildirdi
Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘iz Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi.
Vazir Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida yuz bergan fojiali voqealar yuzasidan chuqur hamdardlik bildirdi va Ta’ziya kitobiga tegishli qaydni kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, 28-aprel kuni ikki davlat chegarasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda 50 dan ziyod kishilar halok bo‘ldi, yuzlab kishilar jabrlandi.
Ushbu voqealar sabab 1-2-may kunlari Qirg‘izistonda motam ham e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter