Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Komilov Moskvada ShHT tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida qatnashadi

Abdulaziz Komilov Moskvada ShHT tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida qatnashadi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yilning 9-10-sentyabr kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari bo‘lajak ShHT sammitiga tayyorgarlik bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladilar hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashadilar.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deyiladi ma’lumotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring