9 ta shaharda prezidentlik saylovlari yakunlandi, ikkitasida boshlandi
Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Bahrom Qo‘chqorovning ma’lum qilishicha, hozirga qadar Vladivostok, Tokio, Seul, Kvandju, Pekin, Shanxay, Guandjou, Kuala-Lumpur va Singapur shaharlaridagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari yakunlandi. Ushbu saylov uchastkalarida ovoz berish natijalarini aniqlash, byulletenlarni sanash jarayonlari boshlangan.
Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da AQShning Vashington va Nyu-Yorkdagi saylov uchastkalarida ovoz berish boshlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter