Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

80 yil avval cho‘kib ketgan suvosti kemasi topildi

80 yil avval cho‘kib ketgan suvosti kemasi topildi

Foto: twitter.com / AegeanNative

Ikkinchi jahon urushi davrida cho‘kib ketgan «Jantina» (Italiya) suvosti kemasi topildi.

Mikonos orolidan janubda, Egey dengizining 103 metr chuqurligida yotgan submarinani grek g‘avvosi Kostas Toktarides o‘z jamoasi bilan aniqladi. Buning uchun ular masofadan boshqariladigan suvosti qurilmasidan foydalanishdi, yozmoqda «Reuters». Kema bo‘laklari sinchiklab o‘rganildi, Italiya harbiy-dengiz tarixi yozuvlari orqali uning qaysi kema ekanligini bilib olishdi.

«Harbiy-dengiz tarixi jumboqqa o‘xshaydi, bu ham o‘sha jumboqning bir qismi. Ikkita suvosti kemasining qarama-qarshi kelishi — kamdan-kam uchraydigan hodisa», — dedi Toktarides.

«Jantina» 1932-yili suvga tushirilgan. 1941-yilda, urush payti Britaniyaning «HMS Torbey» suvosti kemasidan otilgan torpedo bilan cho‘ktirib yuborilgan. Italiya submarinasi bortida 48 nafar dengizchi bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring