Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

7 yoshli Husanjonga Prezident dastxati tushirilgan birgalikdagi surati topshirildi

7 yoshli Husanjonga Prezident dastxati tushirilgan birgalikdagi surati topshirildi

Foto: «Uza.uz»

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 18-19-mart kunlari Toshkent viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida Chirchiq shahridagi Iftixor mahallasida yashovchi Aziza Aliqulovaning 7 yoshli o‘g‘li Husanjon Atxamov va qizi Fotima Atxamova bilan suhbatlashib, birgalikda esdalik uchun suratga tushgan edi.

Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi Davron Xidoyatov ushbu oila xonadonida mehmon bo‘ldi. Shunday shodiyona kunda ularni bahor ayyomi bilan tabriklab, bir piyola choy ustida dildan suhbatlashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Viloyat hokimi Prezident nomidan oilaga mebel, Husanjonga esa Prezident Shavkat Mirziyoyev dastxati tushirilgan birgalikdagi fotoportretini taqdim etdi. Shuningdek, bolalarga kompyuter jamlanmasi va sport anjomlari ham sovg‘a qilindi.

Bunday yuksak e’tibordan Atxamovlar oilasi, ayniqsa, Husanjon juda xursand bo‘ldi.

Bundan tashqari, Iftixor mahallasida yashovchi yoshlarga ham qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring