Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

602-«Moskva—Toshkent» aviareysi parvozi paytida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

602-«Moskva—Toshkent» aviareysi parvozi paytida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Foto: «Flickr»

Rossiya poytaxtining «Vnukovo» aeroportidan Toshkentga yo‘l olgan (602-reys) «O‘zbekiston havo yo‘llari»ga qarashli «Boing» samolyoti parvozidan bir yarim soat o‘tib, ortga qaytishga majbur bo‘ldi. Bunga  yo‘lovchilardan birining to‘satdan  vafot etgani sabab bo‘ldi.

Voqeaga guvoh bo‘lgan manbamizning aytishicha, havo kemasiga chiqqan paytidayoq yo‘lovchining ahvoli yaxshi bo‘lmagan. Samolyot osmonga ko‘tarilganidan so‘ng esa battar og‘irlashgan, ko‘rsatilgan yordamlarga qaramay omonatini topshirgan. Shundan so‘ng ekipaj komandiri samolyotni «Vnukovo»ga qaytarish haqida buyruq berishga majbur bo‘lgan.

Aytishlaricha, vafot etgan yo‘lovchining yoshi ellikda bo‘lib, rafiqasi hamrohligida yo‘lga chiqqan  ekan...

Parvoz paytidagi mazkur voqelik sabab samolyot Toshkentga belgilangan vaqtidan olti soat kechikib qo‘ndi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring