Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qalbaki 60 ming AQSh dollarini O‘zbekistonga olib kirayotgan shaxs qo‘lga olindi

Qalbaki 60 ming AQSh dollarini O‘zbekistonga olib kirayotgan shaxs qo‘lga olindi

Foto:«Bojxona.uz»

Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan va yashil yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro M.A. bojxona tekshiruvidan o‘tkazilganda, sumkasi ichiga 60 ming AQSh dollari yashirib joylashtirilganligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan, bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishda to‘xtatib qolingan ushbu valyutalarni sinchiklab ko‘zdan kechirish davomida bojxona xodimlarini shubhalantirgan yana bir jihat fosh bo‘lgan.

Qalbaki kupyuralarni aniqlashga ixtisoslashgan valyuta detektori pullarning haqiqiy emasligini tasdiqlagan.

Eng qizig‘i shundaki, kupyuralarning seriya raqamlari bir xil bo‘lgan. 

Soxta dollarlar ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasiga binoan qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring