6 iyulda koronavirus aniqlangan yurtdoshimiz vafot etdi
Koronavirus infeksiyasiga chalingan navoiylik bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashovchi 55 yoshli J.O‘. (erkak kishi) 6-iyul kuni «COVID-19» infeksiyasiga namuna topshirgan, shu kuni Zarafshon shahridagi shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Unga «COVID-19» infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi tashxisi qo‘yilgan. U gipertoniya kasalligi, arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, semizlik kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Kasallik o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi asorati bilan kechgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter