Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5 yil stajga ega xodimlarini sirtqi va kechki o‘qishga tavsiya etish huquqi berilgan tashkilotlar ro‘yxati e’lon qilindi (jadval)

5 yil stajga ega xodimlarini sirtqi va kechki o‘qishga tavsiya etish huquqi berilgan tashkilotlar ro‘yxati e’lon qilindi (jadval)

Foto: Xabar.uz

Davlat qabul komissiyasining qarori bilan joriy yilda ham iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga ruxsat berildi. Bu haqda «Xushnudbek.uz» kanali xabar bermoqda.

Shuningdek, tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi (jami 71 ta tashkilot).

Ro‘yxatdagi tashkilotlar 100 nafargacha xodimga tavsiyanoma berishi mumkin.

Tavsiyanomani shaxsan birinchi rahbar berishi kerak. Masalan, bog‘chada ishlayotgan xodimga tavsiyanomani MTM vaziri Agrepina Shin beradi. Moliya tizimida ishlayotgan xodim uchun shaxsan Moliya vaziri Timur Ishmetov tavsiya beradi va h.k.

Sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil o‘qiladi.

Suhbat asosida talaba bo‘lgan xodimlarning to‘lov-shartnoma mablag‘lari ishlab turgan tashkilot tomonidan to‘lab beriladi.

5 yil stajga ega bo‘lgan va tashkilotning birinchi rahbaridan tavsiyanoma olgan talabgorlar Davlat test markazining veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 2021 yil 5 avgustdan 25 avgust kuni soat 24:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring