Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

4 nafar o‘zbekistonlik san’atkor «Tojikiston xalq hofizi» unvonini oldi

4 nafar o‘zbekistonlik san’atkor «Tojikiston xalq hofizi» unvonini oldi

Bugun, 18-aprel kuni Dushanbedagi Millat saroyida O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi doirasida bir guruh madaniyat va san’at namoyandalariga Tojikiston va O‘zbekiston Davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Farmoni bilan ikki davlat o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun o‘zbekistonlik san’atkorlar – Ozodbek Nazarbekov , Munojatxon Yo‘lchiyeva, Og‘abek Sobirov va Yulduz Usmonovalar «Xofizi xalkii Tochikiston» – «Tojikiston xalq hofizi» faxriy unvoni bilan, kinoaktyor Yodgor Sa’diyev esa «Xunarpeshai xalkii Tochikiston» – «Tojikiston xalq artisti » faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining tegishli Farmoni bilan Tojikiston Respublikasining bir guruh madaniyat va san’at xodimlari ham taqdirlandi. Hujjatda ularning ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari hamda madaniy-gumanitar aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, san’atimiz va umumiy tarixiy merosni, ma’naviy qadriyatlar va an’analarni asrab-avaylash, targ‘ib etish borasidagi samarali faoliyati e’tirof etiladi.

Farmon bilan, jumladan, Mirali Do‘stizoda, Ismoil Nazriyev, Furqat Saidov, To‘lqin Tojiboyev va Rahmatullo Hoshimovlarga «O‘zbekiston xalq artisti» unvoni berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring