39 ta davlatdagi o‘zbekistonliklar uchun referendum uchastkalari tuzildi
O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum uchastkalari tuzildi.
Bu haqda bugun, 27-mart kuni Markaziy saylov komissiyasi binosida bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, joriy yil 25-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining tegishli xatiga asosan O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum uchastkalari tuzish to‘g‘risidagi taqdimnomasi Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan.
Shunga asosan, TIV tomonidan O‘zbekistonning 39 ta davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum uchastkalarini tuzish taklif etilgan.
Jumladan, AQSh, BAA, Germaniya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va TUrkiya kabi davlatlarda 2 tadan, Qozog‘iston va Xitoyda 3 tadan hamda Rossiyada 7 tadan referendum uchastkalarini tuzish taklif qilingan.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan TIV taklifini qo‘llab-quvvatlash maqsadga muvofiq deb topildi va tegishli qaror qabul qilindi.
O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuziladigan referendum uchastkalari 14-Toshkent shahar referendum okrugiga biriktirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter