30 yilda madaniy meros obyektlariga 4 trillion so‘mdan ziyod zarar yetkazilgan
Turizm masalalariga bag‘ishlangan bugungi yig‘ilishda respublika bo‘yicha 14 ta muzeyda 3 mingdan ziyod nodir va noyob madaniy boyliklar talon-toroj qilingani qayd etildi.
Jumladan, Buxoro davlat muzeyida jami 31,5 milliard so‘mlik 81 ta madaniy boyliklar qalbakilariga almashtirib qo‘yilgani aniqlangan. «Ichan Qal’a» davlat muzey fondida jami 101 ta muzey ashyolari asliga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘ldi.
Umuman, 30 yilda madaniy meros obyektlariga yetkazilgan zarar miqdori 4 trillion so‘mdan oshgan.
Shu bois, Bosh prokuror va turizm vaziri boshchiligidagi komissiyaga:
- barcha muzeylar eksponatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, yil yakuniga qadar ularning elektron bazasini yaratish;
- muzeylar rahbar va xodimlarining bilim va malakasini baholab, lavozimiga noloyiq rahbarlar o‘rniga bilimli, halol va tadbirkor yoshlarni qo‘yish topshirildi.
«Bundan buyon muzeylardagi sharoitlarga viloyat hokimlari javobgar bo‘ladi», — dedi prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter