Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3 ta hududda koronavirusga chalinganlar, 8 ta hududda tuzalganlar qayd etildi

3 ta hududda koronavirusga chalinganlar, 8 ta hududda tuzalganlar qayd etildi

Foto: «News.yandex.ru»

2020-yil 15-sentyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 48 429 (+237) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 197 nafari Toshkent shahrida, 24 nafari Toshkent viloyatida hamda 16 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida yashagan 70 yoshli M.E. (ayol) hamda 66 yoshli T.X. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 198 nafar, Toshkent viloyatida 114 nafar, Samarqand viloyatida 53 nafar, Namangan viloyatida 23 nafar, Xorazm viloyatida 12 nafar, Andijon viloyatida 9 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 44 942 (+416) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 085 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring