2,8 million dollar itlar va mushuklarga vasiyat qilindi, bemehr bolalar bundan mustasno
Shanxaylik (Xitoy) Lyu xonim dastlab butun boyligini uch nafar farzandiga qoldirmoqchi edi.
Ammo yaqinda keksa ayol fikrini o‘zgartirib, vasiyatini qayta yozdi – uning sevimli itlari va mushuklari 2,8 million dollarlik boylikka ega bo‘ladi. Ushbu noodatiy vasiyatnoma mahalliy veterinariya klinikasi uchun tayinlangan. Lyu xonimning tushuntirishicha, so‘nggi yillarda, hatto u og‘ir kasal bo‘lganida ham, bolalar undan xabar olmagan. Ammo ayolning it va mushuklari doimo uning yonidan ketmadi, yolg‘izligini bildirmadi.
Meros va vasiyat masalalari bilan shug‘ullanadigan idora rasmiysi Lyu xonimni xohlagan vaqtda vasiyatnomasini o‘zgartirishi va farzandlarini yana merosxo‘r qilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Ammo hozircha ayol qarorida qat’iy turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter