Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2024-yilda O‘zbek so‘mi AQSh dollariga nisbatan 4,7 foizga qadrsizlangan

2024-yilda O‘zbek so‘mi AQSh dollariga nisbatan 4,7 foizga qadrsizlangan

2024-yilda AQSh dollariga nisbatan milliy valyuta kursining qadrsizlanish darajasi 4,7 foizni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 5,2 foiz bandga pasaygan.

Bu haqda 2024-yil uchun Markaziy bankning moliyaviy barqarorlik sharhida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, 2024-yil yakunida O‘zbekistonda moliyaviy sharoitlarning biroz qat’iylashishi kuzatildi. 2024-yilda bank va tashqi moliyaviy sektorlarda kuzatilgan ijobiy vaziyat, valyuta bozoridagi bosimning kamayishi hisobiga O‘zbekiston moliyaviy sharoitlar indeksi pasaygan. 2024-yil yakuniga kelib esa, global miqyosda kuzatilgan noaniqliklar O‘zbekiston moliyaviy sharoitlarni biroz qat’iylashtirdi.

Shuningdek, 2024-yilda xalqaro moliya bozorlarida investorlar kutilmalarini ifodalaydigan Chikago opsionlar birjasining o‘zgaruvchanlik indeksi (VIX) o‘rtacha 16 ko‘rsatkichni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 8 foizga kamaygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring