Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023-yilning eng ko‘p kechikkan aviakompaniyalari e’lon qilindi (top-10)

2023-yilning eng ko‘p kechikkan aviakompaniyalari e’lon qilindi (top-10)

Foto: Reuters

Vengriyaning Wizz Air loukosteri qatorasiga ikkinchi yil dunyoning eng kechikuvchi aviakompaniyasi, deb topildi. Bu haqda The Independent nashri Britaniya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (Civil Aviation Authority, CAA) ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.

2023-yilda Wizz Air reyslari ushlanib qolishi Britaniyada o‘rtacha 31 daqiqa va 36 soniyani tashkil etgan.

Tahlilda 2 500 dan ortiq reyslarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalarning Buyuk Britaniya aeroportlaridan amalga oshirilgan barcha muntazam va charter reyslari hisobga olingan. Bekor qilingan reyslar ko‘zda tutilmagan. O‘tgan yili barcha aviakompaniyalarning reyslari ushlanib qolishi o‘rtacha 20 daqiqa va 42 soniyani tashkil etib, 23 daqiqali kechikishlar kuzatilgan 2022-yilga qaraganda yaxshilangan.

Wizz Air kompaniyasining Yevropadagi arzon aviatashuvlar bo‘yicha raqibi — Irlandiyaning Ryanair loukosteri nisbatan ancha punktual ishlashi ma’lum bo‘ldi — o‘rtacha 19 daqiqa va 54 soniya kechikish (14-o‘rin).

2023-yilning eng ko‘p kechikkan aviakompaniyalari (top-10)

  1. Wizz Air, Vengriya (reyslarning o‘rtacha ushlanib qolishi 31 daqiqa va 36 soniya)
  2. Turkish Airlines, Turkiya (28 daqiqa 36 soniya)
  3. Tui, Buyuk Britaniya (28 daqiqa 24 soniya)
  4. Air India, Hindiston (28 daqiqa 12 soniya)
  5. Pegasus Airlines, Turkiya (25 daqiqa 6 soniya)
  6. Air Portugal, Portugaliya (23 daqiqa 48 soniya)
  7. Vueling Airlines, Ispaniya (23 daqiqa 6 soniya)
  8. Swiss Airlines, Shveysariya (22 daqiqa 48 soniya)
  9. Air Canada, Kanada (22 daqiqa 6 soniya)
  10. British Airways, Buyuk Britaniya (21 daqiqa 36 soniya).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring