Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023-yilda qancha yangi xonadon qurilishi ma’lum bo‘ldi

2023-yilda qancha yangi xonadon qurilishi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Prezident «2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagani xabar qilingandi.

Farmonga ko‘ra, «Yangi O‘zbekiston» va boshqa davlat dasturlari doirasida qurilgan massivlarning bo‘sh yerlarida ko‘p qavatli uy-joylar qurishni davom ettirish va 2023-yilda qurish hajmlarini 90 mingtaga yetkazish taklif etilmoqda.

Bunda:

  • 38 ta Yangi O‘zbekiston massivlarida 31 mingta, boshqa davlat dasturlaridagi massivlarda 8 mingta, xususiy pudrat tashkilotlari hisobidan 51 mingta kvartiralar qurilishi belgilanmoqda;
  • Yangi O‘zbekiston massivlarini kengaytirish hamda 9 ta yangi massivlarni tashkil qilish uchun 140 ga qishloq xo‘jaligi yerlarining toifasi o‘zgartirilmoqda va hokimlar zimmasiga ajratiladigan yerlarning 5 baravari miqdorida yangi yerlarni o‘zlashtirish vazifasi yuklanmoqda;
  • massivlarning ichki yo‘llarini qurish Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi zimmasiga yuklanmoqda;
  • temir-beton korxonalarida zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilishi va buning uchun «Sanoat qurilish bank» tomonidan 10 mln dollar kredit liniyasi ajratilishi belgilanmoqda;
  • Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, qurilish, adliya, iqtisodiyot va moliya idoralari vakillaridan iborat Ishchi guruh tomonidan «Renovatsiya to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi ishlab chiqilishi belgilanmoqda;
  • hududlarda suv, oqova, elektr, gaz, yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga investor-developerlarni jalb qilish, shuningdek, seysmik xavfsizlik va qurilishda nazoratni kuchaytirish bo‘yicha alohida qaror loyihalari ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring