2020-yilda YTHlarda qancha odam vafot etgani ma’lum qilindi

2020-yilda yo‘l-transport hodisalari oqibatida 1962 kishi vafot etgan. Bu haqda AOKAda IIV YHXBB rahbar va mutasaddilari ishtirokdi o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
«Bu ko‘rsatkich 2019-yilgidan 6,3 foizga kam. Ya’ni 2019-yilda yo‘l-transport hodisalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 2094 nafarni tashkil etgan edi.
Vazirlik tashabbusi bilan maktab o‘quvchilariga «Yo‘l harakati qoidalari»ni o‘rgatish uchun «Harakat xavfsizligi sinfxonalari» hamda «Yo‘l harakatini o‘rganish maydonchalari» tashkil etildi.
Yana bir qulaylik: «Ma’muriy amaliyot» KAAT hamda dyhxx.uz sayti orqali vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan transport vositasini masofadan turib olib chiqishning elektron tartibi joriy etildi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter