Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2019-yili mamlakatlarning pandemiyaga tayyorgarlik xaritasi chiqqandi...

2019-yili mamlakatlarning pandemiyaga tayyorgarlik xaritasi chiqqandi...

Infografika: «Statista»

2019-yili «Statista» dunyo mamlakatlari pandemiyalarga qay darajada shayligini ifodalovchi xaritani chop etgandi. Ushbu infografikaga qator Amerika institut va fondlarining tahlillari natijasi — Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi indeksi asos qilib olingandi.

Donald Tramp ushbu statistika bilan faxrlangani aniq, chunki bunda AQSh — birinchi o‘rinda! Buyuk Britaniya esa ikkinchi!

2020-2021-yillardagi reallik esa shunday: pandemiya tiz cho‘ktirgan AQSh kovidga chalinishda jahonda yaqqol yetakchi, Buyuk Britaniya ham eng oldingi o‘rinlarda.

COVID-19 qayd etilishi eng yuqori 10 mamlakat (01.02.2021) 

Manba: «Worldometer»

2019-yilgi pandemiyaga tayyorgarlik indeksida mamlakatlar shartli uch toifaga ajratilgandi:

  • Sariq — yaxshi
  • To‘q sariq — o‘rtacha
  • Qizil — yomon.

Yirik mamlakatlar — Rossiya, Xitoy, Braziliya, Germaniya tahlilchilar tomonidan 2019-yili «o‘rtamiyonalar» qatoriga kiritilgandi. Pandemiyani qattiq va murosasiz bostirgan Xitoydan tashqari, boshqalar ne ko‘yga tushgani ma’lum.

Xaritada qizilga bo‘yalgan Turkmaniston va Shimoliy Koreya hanuzgacha «koronavirusdan xoli».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring