Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2019-yil bu soha uchun muvaffaqiyatsiz bo‘ldi

2019-yil bu soha uchun muvaffaqiyatsiz bo‘ldi

Foto: «diarionoticiasweb.com»

2019 -yilda sanoatning turli sohalarida ishlatiladigan robotlashtirilgan tizimlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan kamaydi. Bu haqda Xalqaro robototexnika federatsiyasi (IFR) ma’lumotida qayd etildi.

IFR hisob-kitoblariga ko‘ra, 2018-yilda sanoat robotlari parki qariyb 422 mingni tashkil etgandi. 2019-yilda ishlatilgan robotlashtirilgan tizimlar soni esa 421 mingga kamaydi.

Yetti yil ichida birinchi marta kuzatilgan sanoat robotlari parkining qisqarishi AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo-sotiq munosabatlarining keskinlashuvi bilan bog‘liq. Aynan Xitoy sanoat robototexnika vositalarining asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi, ammo AQShning bosimi tufayli ba’zi kompaniyalar o‘zlarining ishlab chiqarish quvvatlarining bir qismini Xitoydan tashqariga olib chiqishga majbur bo‘ldilar. Shunday bo‘lsa-da, sanoat robotlari ishlab chiqaruvchilari 2020-yilda o‘sish kuzatilishidan umid qilmoqdalar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring