Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi e’lon qilindi

2018-yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi e’lon qilindi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2018-yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash uchun ovoz berish jarayoni yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda «O‘FA» matbuot xizmati.

So‘rovnomada O‘zbekistonda va xorijda to‘p surayotgan, faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik futbolchi va murabbiylarga ovoz berish so‘ralgandi. Yurtimizdagi ommaviy axborot vositalari va muxlislar ushbu ovoz berish jarayonida ishtirok etishdi. Har bir tahririyat bir ovozga ega ekanligi avvaldan belgilab qo‘yilgandi. Shuningdek, muxlislar tomonidan yuborilgan ovozlar ham jamlanib, bitta ovoz sifatida qabul qilindi. 

Quyida e’tiboringizga kim kimga ovoz bergani va so‘rovnoma yakunlarini e’lon qilamiz:

«Olamsport.com» sayti: 

Eng yaxshi futbolchi

  1. Odil Ahmedov
  2. Otabek Shukurov
  3. Eldorbek Suyunov

Eng yaxshi murabbiy

  1. Mirjalol Qosimov
  2. Andrey Fyodorov
  3. Baxtiyor Ashurmatov

«Championat.asia» sayti: 

Eng yaxshi futbolchi

  1. Odil Ahmedov
  2. Anzur Ismoilov
  3. Marat Bikmayev

Eng yaxshi murabbiy

  1. Mirjalol Qosimov
  2. Andrey Fyodorov
  3. Baxtiyor Ashurmatov 

«Stadion.uz» sayti

Eng yaxshi futbolchi

  1. Ikrom Aliboyev
  2. Otabek Shukurov
  3. Javohir Siddiqov

 Eng yaxshi murabbiy

  1. Ravshan Haydarov
  2. Andrey Fyodorov
  3. Ilhom Mo‘minjonov

«Asr futboli» gazetasi

Eng yaxshi futbolchi

  1. Odil Ahmedov 
  2. Marat Bikmayev
  3. Azizbek Turg‘unboyev

Eng yaxshi murabbiy

  1. Ravshan Haydarov 
  2. Andrey Fyodorov 
  3. Ilhom Mo‘minjonov 

«Uzreport TV» telekanali

Eng yaxshi futbolchi

  1. Odil Ahmedov
  2. Otabek Shukurov
  3. Ikrom Aliboyev

Eng yaxshi murabbiy:

  1. Ravshan Haydarov
  2. Mirjalol Qosimov
  3. Andrey Fyodorov

«Uff.uz» sayti

Eng yaxshi futbolchi

  1. Odil Ahmedov
  2. Vitaliy Denisov
  3. Otabek Shukurov

Eng yaxshi murabbiy

  1. Ravshan Haydarov
  2. Andrey Fyodorov
  3. Mirjalol Qosimov

«Oriat Dono» radiosi

Eng yaxshi futbolchi:

  1. Javohir Siddiqov
  2. Ikrom Aliboyev
  3. Jaloliddin Masharipov

 Eng yaxshi murabbiy:

  1. Ravshan Haydarov
  2. Mirjalol Qosimov
  3. Ilhom Mo‘minjonov

 «Futbol Ekspress» gazetasi

Eng yaxshi futbolchi

  1. Odil Ahmedov
  2. Marat Bikmayev
  3. Eldor Shomurodov

Eng yaxshi murabbiy

  1. Andrey Fyodorov
  2. Mirjalol Qosimov
  3. Baxtiyor Ashurmatov

MTRK «Sport» telekanali

Eng yaxshi futbolchi

  1. Odil Ahmedov
  2. Marat Bikmayev
  3. Ikrom Aliboyev

Eng yaxshi murabbiy:

  1. Ravshan Haydarov
  2. Mirjalol Qosimov
  3. Andrey Fyodorov

Muxlislar:

Eng yaxshi futbolchi:

  1. Odil Ahmedov
  2. Marat Bikmayev
  3. Javohir Sidiqov

Eng yaxshi murabbiy:

  1. Ravshan Haydarov
  2. Mirjalol Qosimov
  3. Baxtiyor Ashurmatov

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra Xitoyning «Shanxay SIPG» klubida to‘p surayotgan milliy terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Uni jami 7 marta 1-o‘ringa qo‘yishgan. Ikkinchi o‘rinni «Lokomotiv» a’zosi Marat Bikmayev egallagan bo‘lsa, 3-o‘rin «Sharja» klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov va «Seul» a’zosiga aylangan Ikrom Aliboyevlarga nasib etdi. 

Murabbiylardan esa eng ko‘p ovozni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiy Ravshan Haydarov egalladi. Haydarovni ham jami 7 marta 1-o‘ringa munosib ko‘rishgan. Ikkinchi o‘rin «Bunyodkor» ustozi Mirjalol Qosimov, 3-o‘rin esa «Lokomotiv» bosh murabbiyi Andrey Fyodorovga nasib etdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring