179 nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘irligicha qolmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibining xabar berishicha, shu yilning 1-sentyabr kuni mamlakatimizda 343 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Andijon, Qashqadaryo hamda Xorazm viloyatlarida jami 389 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 42 236 nafar bemordan 39 664 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2248 nafar bemordan 330 nafari og‘ir, 179 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter