Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

16 yoshga to‘lmagan bitiruvchilarga pasport olishda yengillik beriladi

16 yoshga to‘lmagan bitiruvchilarga pasport olishda yengillik beriladi

Foto: «Xabar.uz»

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Davlat komissiyasining 1-sonli bayoni bilan:

  • Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2020/2021 o‘quv yilida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilari pasport olish uchun murojaat qilganda, ularga navbatlarsiz, belgilangan tartibda pasport berilishi ta’minlanadi. (abituriyentga 10 kun muddatda pasport berilishi ko‘zda tutilgan).
  • Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtihonlarda ishtirok etish istagini bildirgan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga amaldagi tartibga muvofiq, qisqa muddatlarda xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib beriladi.

Davlat personallashtirish markazi tomonidan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga xorijga chiqish pasportlari beriladi va mavjud ma’lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga va Davlat test markaziga taqdim etiladi (abituriyentga 5 kun muddatda fuqarolik pasport olishi ko‘zda tutilgan).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring