Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15 yilda biror marta xizmatga bormagan italiyalik yarim million yevro ishlab olgan

15 yilda biror marta xizmatga bormagan italiyalik yarim million yevro ishlab olgan

Foto: «RIA Novosti»

Italiya moliyaviy gvardiyasi Kalabriya janubidagi Katanzaro shahridagi shifoxonada ommaviy soxta ish bilan ta’minlangan bir nechta holatlarni aniqladi.

Javobgarlikka tortilgan yetti kishidan biri ushbu muassasaning yong‘in xavfsizligi bo‘limida ro‘yxatga olingan. 2005-yildan beri u bir soat ham ishga bormagan, deb yozadi  «Corriere della Sera» gazetasi. 67 yoshli erkak bilan bog‘liq holat rekord hisoblanadi.

15 yillik «xizmati» uchun italiyalik 500 ming yevro ishlab topdi. Bundan tashqari, Moliyaviy Gvardiya tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida boshqarma boshliqlari qo‘rqitilgani, soxta xodimning intizomiy jazodan qochishiga imkon bergani aniqlandi.

Xodimlardan biri tergovchilar bilan suhbatda qandaydir «nihoyatda nufuzli odam» 2005-yilda idoraga kelib, rahbarni agar soxta xodimning ishiga aralashsa, o‘zi va oilasi uchun muammolar bo‘lishi bilan tahdid qilganini esladi.

Bundan tashqari, mahalliy prokuratura shifoxonaning rahbarlik lavozimidagi xodimlariga nisbatan mansab vakolatini suiiste’mol qilish, soxtalashtirish va tovlamachilik bo‘yicha tergovni yakunlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring