15-avgustga qadar to‘xtatiladigan faoliyat turlari ma’lum qilindi
Quyidagi faoliyat turlarini to‘xtatish bo‘yicha cheklov joriy yilning 15-avgustiga qadar uzaytirildi:
parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar;
buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar;
sport zallari, fitnes klub, trenajer, basseynlar;
umumiy ovqatlanish ob’yektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona);
maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar;
sanatoriylar (koronovirus infeksiyasidan davolangan va reabilitatsiya o‘tayotgan bemorlarga tibbiy yordam tashkil etiladigan sanatoriylardan tashqari), pansionatlar, bolalar oromgohlari, xostellar, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;
sartaroshxona va go‘zallik salonlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga avtotransport vositalari, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning kirishi va chiqishi (viloyatlararo qatnov) (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter