11 ta bulbulni ovlagan fuqaro 6 930 000 so‘m jarimaga tortildi
Toshkent viloyati Ohangaron tumani tog‘li hududlaridan noqonuniy ravishda, hech qanday ruxsatnomalarsiz 11 ta bulbulni ovlagan fuqaro aniqlandi.
Huquqbuzardan noqonuniy ov qurollari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Qushlar esa tabiat bag‘riga qo‘yib yuborilgan.
Holat yuzasidan A.N.ga nisbatan MJtKning 90-modda 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. U hayvonot dunyosiga 3 630 000 so‘m miqdorida zarar yetkazganligi aniqlandi. Shuningdek, huquqbuzarga nisbatan 3 300 000 so‘m jarima belgilandi.
Huquqbuzar jami 6 930 000 so‘m miqdorida jarima to‘laydigan bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter