104 yoshli momo koronavirusdan ikki marta tuzaldi (video)
Kolumbiyaning Tunxa shahrida 104 yoshli Karmen Ernandes ikki marotaba koronavirus bilan kasallanib, sog‘ayib ketdi. Bu haqda Almaty TV xabar bermoqda.
«Univision Noticias» xabariga ko‘ra, 5 aprel kuni senora Ernandes reanimatsiya bo‘limidan poliklinika shifokorlari olqishi ostida chiqarildi.
Karmen birinchi marta o‘tgan yili iyun oyida koronavirusni mag‘lub etgandi. O‘shanda bemor shifoxonaga yotqizilmagan. U oxirgi 25 yil davomida yashab kelayotgan San-Xose-de-Tunxa qariyalar uyidagi boshqa keksalar bilan birga izolyasiyaga olingan.
27-fevralda Ernandes COVID-19ga qarshi emlandi. 8-mart kuni esa uning PZR test tekshiruvi musbat chiqdi. Shifokorlarning izohlashicha, vaksinatsiya bilan yuqtirish o‘rtasidagi qisqa fursat ichida immunitet rivojlanishga ulgurmagan.
19-mart kuni Karmen shifoxonaga yotqizilgan. Reanimatsiya bo‘limida u shifokorlarni hayratda qoldirdi. Chunki u nafas olish moslamasiga ehtiyoj sezmagan — o‘zi nafas olgan. Faqat goh-gohida kislorodli niqobdan foydalanadi.
Shifoxonadan chiqqandan so‘ng Karmen Ernandes qariyalar uyiga qaytdi. U Kolumbiyada COVID-19dan tuzalgan eng keksa fuqaro hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter