Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1000 so‘mlik pul qog‘oz shaklida qayta chiqarilmaydi — Markaziy bank

1000 so‘mlik pul qog‘oz shaklida qayta chiqarilmaydi — Markaziy bank

Foto: «Gazeta.uz»

1000 so‘mlik banknota tanga shakliga o‘tkazilsa, foydalanishga qulay bo‘ladi. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, yozmoqda «Daryo.uz».

Kelgusida 1000 so‘mlik qog‘oz shaklida yoki yangi banknota ko‘rinishida muomalaga chiqarilmaydi, deyiladi xabarda.

«1000 so‘mlikni qayta qog‘oz shaklida chiqarmoqchi emasmiz. Biz uni avval tanga pul shaklida chiqarganmiz. Ming afsuski, aholi tangadan kam foydalanyapti. Eng ko‘p qo‘llaniladigan pul belgilaridan biri bu — 500 va 1000 so‘mlik tangalar hamda 2000 so‘mlik pulimizdir. Shuning uchun ham 1000 so‘mlikni to‘laligicha tanga shakliga o‘tkazmoqchimiz. Bu bir tomondan, muomalani tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlarini kamaytirsa, ikkinchidan, foydalanishga juda qulay bo‘ladi», — dedi Mamarizo Nurmurodov.

Markaziy bank raisining ta’kidlashicha, eski namunadagi pullar sekin-asta, tabiiy yo‘l bilan yangilariga almashtirib boriladi.

«Eski kupyura bankka kelganidan keyin qaytib bankdan chiqmaydi. U tabiiy yo‘l bilan keladi va o‘rniga yangi kupyura muomalaga kiritiladi. Bunda almashish jarayoni bo‘ladi», — dedi tashkilot rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring