100 dollar o‘rniga 10,5 million dollar jo‘natishsa nima qilardingiz?..
Jahondagi eng yirik kriptovalyuta birjalaridan sanalgan Crypto.com Melburn (Avstraliya)da yashovchi ayol mijozga $100 o‘rniga $10,5 mln atrofidagi pulni jo‘natdi.
Juda katta pul. Biroq xato o‘tgani 7 oydan so‘ng, auditorlik tekshiruvida aniqlandi. Bu orada ayol pullarni naqdlashtirishga, shahar chekkasida o‘ziga $1,35 millionga uy sotib olishga, yana bitta uyni qarindoshiga olib berishga, qolgan pullarni shaxsiy hisob-raqamlariga taqsimlashga ulgurgan.
Kompaniya xatoni aniqlaganidan keyin, mijozdan noqonuniy o‘zlashtirilgan pullarni qaytarishni talab qilgan. Avgust oyida sud birinchi qarorini chiqardi: ayol yaqinda sotib olgan uyini sotishi va tushgan pullarni kriptobirjaga qaytarishi shart. Qolgan pullar bo‘yicha sud qo‘shimcha qarorni keyinroq chiqarishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter